15 Yanvar 2022 yil 567

Bayram munosabati bilan xonadonlarda bo’lindi

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14 yanvar’ — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax viloyati ichki ishlar organlari mas’ullari soha faxriylari va xizmat vazifasini bajarish chog’ida vafot etgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolari holidan xabar olishdi.

Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoyishi asosida tashkil etildi.

Muloqotlar jarayonida faxriylar va xizmat vazifasini bajarish chog’ida vafot etgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolariga sovg’alar bilan birga “Ichki ishlar organlarining mard o’g’lonlari” kitobi topshirildi. Bunday tadbirlar hududiy ichki ishlar organlari vakillari tomonidan ham amalga oshirilmoqda.

Text to speech