8 May 2023 yil 245

Bellashuv shidditli kechdi

IIV Dinamo JTST Jizzax viloyat kengashi tomonidan Jizzax shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportning stol tennis turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Viloyat huquq-tartibot organlari xodimlari o’rtasida tashkil etilgan bellashuv ochilishida so’zga chiqqanlar sport tadbirlarining ahamiyati xususida to’xtalib, ishtirokchilarga omad tilashdi. SHu bilan birga bellashuv tartiblari tushuntirildi.

Jizzax viloyati IIB sohaviy xizmatlari hamda hududiy bo’limlari, DXX viloyat boshqarmasi, bojona, milliy gvardiya, harbiy qismlar harbiy xizmatchilari bellashuvda g’oliblik uchun astoydil kurash olib borishdi. YAkkalik va juftlik bahslarida qatnashchilar g’oliblik uchun kuch va mahoratlarini, epchillik va ziyrakliklarini namoyish etishdi.

Mazkur musobaqadan ko’zlangan maqsad sportning stol tennis turini ommalashtirish, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, huquq-tartibot organlari xodimlarining jismoniy faolligini oshirish orqali salomatliklarini mustahkamlashga qaratilgan. SHuningdek, sovrindor sportchilar va jamoalar tarkibidan viloyat va Respublika miqyosida o’tkaziladigan sport tadbirlarida ishtirok etadigan xodimlarni saralash ko’zda tutilgan.

Ichki ishlar vazirligi Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyati Jizzax viloyat Kengashining rejasi asosida uyushtirilgan musobaqa qizg’in uchrashuvlarga boy bo’ldi.

Musobaqa yakunida g’oliblar diplom hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi. SHuningdek, hakamlar ham munosib rag’batlantirildi.

Text to speech