2 Aprel 2023 yil 323

Bilimdonlar bellashuvi

Jizzax shahridagi O’rda ekologik bog’ida Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi. “Konstitutsiya meniki, seniki, barchamizniki” shiori ostidagi bilimdonlar bellashuvida viloyat IIB sohaviy xizmatlari hamda barcha shahar va tumanlar ichki ishlar bshlimlarining 17 ta jamoasi ishtirok etishdi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini keng targ’ib etish orqali viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining siyosiy-huquqiy bilimini va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini yanada oshirish maqsad qilingan tadbirda xodimlar o’z bilim va iqtidorlarini namoyish etishdi.

YAkuniy natijalarga ko’ra Do’stlik tumanining “Temur avlodlari” jamoasi birinchi, viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasining “Diplomat” jamoasi ikkinchi hamda Zomin tumanining “Lochinlar” jamoasi uchinchi o’rinni egallashdi.

Tadbir davomida tomoshabinlar o’rtasida viktorina uyushtirilib, savollarga to’g’ri javob berganlari sovg’alar bilan taqdirlandi. SHu kuni viloyatimiz madaniyat xodimlarining konsert dasturi ham namoyish etildi.

Text to speech