“Bir bo`lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!”
Ushbu shior ostida Jizzax
viloyati ichki ishlar boshqarmasida O`zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o`tkazildi. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi,
hududiy ichki ishlar boshqarma va bo`limlari hamda sohaviy xizmatlar vakillari,
shuningdek, faxriylar ishtirokida tashkil etilgan tadbir avvalida viloyat ichki
ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov so`zga chiqib,
yig`ilganlarni bayram bilan qutladi.
So`ng Ichki ishlar vaziri buyrug`i
asosida faol xodimlarga “polkovnik”, “mayor” hamda “leytenant” maxsus
unvonlari, Ichki ishlar vazirligi faxriy yorliqlari, “A’lo xizmatlari uchun”
hamda “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko`krak nishonlari,
esdalik qo`l soatlari va kitoblar to`plami tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, ko`p yillik fidokorona xizmatlari, yosh avlodni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga qo`shayotgan hissasi uchun 14 nafar
sobiq ichki ishlar organlari xodimlari Ichki ishlar vazirligi faxriylar
kengashining “Ichki ishlar organlari faxriysi” ko`krak nishoni, yana 14 nafar
faxriy “Tashakkurnoma” va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi. Tadbir orkestr
musiqa sadolari ostida bayram qatnashchilarining tantanali paradi bilan
nihoyalandi. Shu kuni soha faxriylari Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi
tarixi muzeyida ham bo`ldilar.