Birinchi chorak yakuni tahlil qilindi
Zarbdor, Zomin va YAngiobod tumanlari ichki ishlar organlarida joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Zarbdor tumanida o’tkazilgan yig’ilishni viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov boshqarib bordi. Yig’ilishda tuman hududida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. SHu ma’noda har bir sohaviy xizmatlar mas’ullarining hisobotlari tinglanib, erishilgan yutuqlar bilan birga yo’l qo’yilgan kamchiliklar tanqid qilindi.
Tadbir davomida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o’z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
Zomin hamda YAngiobod tumanlari IIOda hisobot davrida amalga oshirgan ishlari tahliliga bag’ishlangan yig’ilishlar ham tanqidiy tahlil ruhida o’tdi. Jarayonda jinoyatchilikning bugungi axvoli mahallalar kesimida ko’rib chiqildi. SHu bilan birga ish samaradorligini oshirish, xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Yig’ilishda 3- sektor hududidagi aholi punktlarini obod qilish, infratuzilmani yanada yaxshilash, aholi muammolarini o’z vaqtida hal etish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash lozimligi uqtirildi. Xullas o’tayotgan muhokamalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash samaradorligini oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.