10 Noyabr 2021 yil
620
Birovning haqini yemoqchi bo’lgandi
Jizzax viloyati Do’stlik tumani G’afur G’ulom mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi ayol ichki ishlar organlariga murojaat qilib, “Eski shahar” buyum bozorida unga firib berishganligini bildirgan.
Ma’lum bo’lishicha, ushbu fuqaro o’ziga notanish bo’lgan shaxsga 100 AQSH dollarini 1 million 80 ming so’mga almashtirish uchun bergan. Ammo pulfurush ayolga 790 ming so’m tutqazgan. Qisqasi, ushbu qonunbuzarlikni sodir etgan Forish tumani Ulug’bek mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi ayblanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi.