14 Noyabr 2024 yil 5902

Boshqarma boshlig`i binolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov Arnasoy tumani ichki ishlar bo`limiga qarashli binolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Xususan, ichki ishlar organlari binolarining isitish tizimlari sozligini o`rgandi. Mazkur jarayonda yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, bo`lim hovlisida tozalik, ko`kalamzorlashtirish, qurilish va ta’mir ishlarini sifatli bajarishga doir tavsiyalarini bildirdi.

 Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumanda mevali bog` yaratishga doir tadbirlar belgilandi. Shuningdek, 3- sektor rahbari  xodimlarning xizmat xonalarini ko`zdan kechirdi, soha vakillari bilan muloqotlar o`tkazdi. O`z navbatida, aholiga qulaylik yaratish maqsadida migrasiya va fuqarolik rasmiylashtirish guruhi binosini bo`lim hududidan tashqarida barpo etish xulosasiga kelindi.

G`ayrat Qodirov Arnasoy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha 3- sektor shtabi binosida ham bo`ldi. Bu erda sayyor qabullarni tashkil qilish, fuqarolar muammolarini samarali hal qilish, murojaatlar bilan ishlash, aholining ehtiyojmand qatlamini ish bilan ta’minlash, ichki ishlar organlari mas’ullariga biriktirilgan oilalarni kambag`allikdan chiqarishga oid masalalar ko`tarildi. 3- sektor ishchi guruhi joylashgan binoni barqaror issiqlik bilan ta’minlash choralari  ham e’tibordan chetda qolmadi.

Shu kuni boshqarma boshlig`i Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov bilan birga hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Xususan, qop ishlab chiqarish korxonasi, istirohat bog`i hamda bozor qurilayotgan maydonlarda bo`ldi. 1- sektor rahbari bilan kechgan muloqotda yo`llar qurilishi, aholi punktlaridan sizot suvlarni qochirish, beton ariqlar hamda piyodalar yo`laklarini qurishga oid rejalar bayon etildi.

Text to speech