Boshqarma boshlig`i yangiobodlik fuqarolar bilan muloqot qildi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i,
general-mayor G`ayrat Qodirovning navbatdagi sayyor qabuli Yangiobod tumanining
Do`stlik mahallasida o`tkazildi. Qabul avvalida ehtiyojmand oilalarning 3
nafariga elektr pechlari, 2 nafariga imtiyozli kredit ajratilganligi haqidagi
sertifikatlar, 3 nafariga moddiy yordam hamda 3 nafar yoshlarga ИД kartalar
topshirildi.
Muloqotda Do`stlik, Yangiobod va Sarmich
mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar sektor rahbaridan o`zlarini
qiynayotgan muammolarini hal etishda yordam so`rashdi. Xususan, ichki
ko`chalarga shag`al yotqizish, elektr tayanch ustunlarini almashtirish,
ichimlik suvi bilan ta’minlash, moddiy yordam, ish bilan ta’minlashga oid
masalalarga mutasaddilar ishtirokida echim izlandi.
Qabul davomida viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig`i ko`p tarmoqli markaziy poliklinikada yuzaga keltirigan sharoitlarni
ko`zdan kechirdi.
Ma’lum qilinishicha, 100 o`rinli salomatlik maskaniga
qo`shimcha yana 100 o`rinli bino qurilib bir oy muqaddam foydalanishga
topshirilgan. Hozirda bu erda 15 nafar shifokor hamda 75 nafar hamshiralar
aholi salomatligi yo`lida xizmat qilishayapti. Muassasada kasalliklarga tashxis
qo`yish hamda davolash uchun barcha qulayliklar yaratilib, zamonaviy tibbiy
uskunalar bilan jihozlangan.
Ta’kidlash joiz, 3- sektor rahbarining shu oy boshida
tumanda o`tkazgan sayyor qabulida aholi tomonidan bildirilgan masalalarning
aksariyati bartaraf etilib, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash
bo`yicha ishlar davom etmoqda.