Boshqarma boshlig`i paxtakorlik tadbirkorlar bilan muloqot o`tkazdi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i
G`ayrat Qodirov, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha
vakil devoni Jizzax viloyat sho`’basi rahbari Sardor Usmanov, Paxtakor tumani
hokimi Asilbek Ashurovlar tadbirkorlar bilan muloqot qilishdi.
Tadbir davomida hudud ishbilarmonlari o`zlarining
mavjud masalalarini hal etishda ko`mak zarurligini bayon etishdi. Xususan,
import qilinadigan xomashyolarni boj to`lovidan ozod etish, imtiyozli kredit
olish, elektr ta’minoti, er maydoni ajratish kabi murojaatlar mutasaddilar
ishtirokida muhokama qilindi. Bundan tashqari tadbirkorlikni yanada
rivojlantirishga oid bir qator takliflar ham bildirildi.