Boshqarma boshlig`i “Samarqand” mahallasi ahli bilan muloqot o`tkazdi
Jizzax viloyati IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat
Qodirov Zafarobod tumanining Samarqand mahallasi ahli bilan muloqot o`tkazdi.
Mazkur jarayonda tabiiy gaz hamda elektr ta’minotini yaxshilash, ichki
yo`llarga asfalt va shag`al yotqizish kabi muammolar ko`tarildi. Shuningdek,
turar joyni ta’mirlash, uy bilan ta’minlash, moddiy yordam olish, oqar suv
keltirish, ko`chalarni yoritish, sizot suvlari uchun zovur qazish, mahalladagi
18- sonli o`rta umumta’lim maktabi uchun sport zali qurishga oid masalalar
ko`rib chiqildi.
O`z
navbatida ushbu muammolarni hal qilish choralari belgilandi. So`ng ijtimoiy
daftarlarda ro`yxatda turgan fuqarolarning 10 nafariga maishiy texnikalar
topshirildi. 5 nafar tashabbuskor yoshlar viloyat IIB boshlig`ining faxriy
yorlig`i bilan taqdirlandi.