10 Sentyabr 2024 yil 2000

Boshqarma boshlig`i qurilish jarayoni bilan tanishdi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov Paxtakor tumani ichki ishlar bo`limi hududida barpo etilayotgan inshootlarni ko`zdan kechirdi. Chunonchi, bu erda 24 o`rinli vaqtincha saqlash hibsxonasi bunyod qilingan bo`lib, ayni vaqtda jihozlash, aloqa va axborot tizimlari, shuningdek, kuzatuv kameralarini o`rnatish jarayoni kechmoqda. Mazkur binoni yaqin kunlarda foydalanishga topshirish ko`zda tutilyapti.

Xuddi shunday, boshqarma boshlig`i hududda qurilayotgan migrasiya va fuqrolikni rasmiylashtirish guruhi, probasiya guruhi xizmat xonalari, yotoqxona, navbatchilik o`tkazish punkti hamda saf maydonida bo`ldi. O`z navbatida general-mayor G`ayrat Qodirov ishlarni sifatli amalga oshirish, kommunikasiya tarmoqlarini o`rnatish, ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga oid topshiriq va tavsiyalarini bildirdi.

Text to speech