20 Sentyabr 2024 yil 2974

Boshqarma boshlig`i o`ziga biriktirilgan oilalar vakillari bilan muloqot o`tkazdi

Respublikamiz Prezidentining 2024 yil 11 sentyabrdagi “Kambag`allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida kam ta’minlangan oilalarni tashkilot, korxona va muassasalar ma’sullariga biriktirish orqali kambag`allikdan chiqarish belgilangan. Shu ma’noda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov Paxtakor tumanining Oltinko`l mahallasidagi “Chevarlar” hamda “Nurafshon” ko`chalarida yashovchi 5 kishining yashash sharoitlarini o`rgandi.

Mazkur jarayonda fuqarolar tomonidan davolanish bilan bog`liq masalalar ko`tarildi. Shu bois 3- sektor rahbari hududda tibbiy ko`rik o`tkazish va bemorlarni davolash bo`yicha topshiriqlar berdi. Bu tadbir viloyat ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo`limi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, mahalla ettiligi bilan yo`l-yo`lakay o`tkazilgan muloqot davomida aholini ish bilan ta’minlash, qiziqish va xohishga ko`ra tadbirkorlikka yo`naltirishga oid vazifalar belgilab olindi.

Mahallani elektr, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash hamda ishga joylashtirish orqali xorijga chiqib ketganlarni qaytarish masalalari ham ko`rib chiqildi. Qisqasi, ehtiyojmand qatlamni kambag`allikdan chiqarish tizimi yanada kuchaymoqda. Shu o`rinda aytish joiz, viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ullariga 20 ta oila biriktirilgan.

Text to speech