20 Noyabr 2023 yil 2511

Vazir o`rinbosari va boshqarma boshlig`i ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumga tayyorgarligini ko`zdan kechirishdi

Ichki ishlar vaziri o`rinbosari, polkovnik Yaxyojon Abdulxakov viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov bilan Mirzacho`l tumanida ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ko`zdan kechirdi.

Xususan, hududdagi 4-, 12- sonli o`rta umumta’lim maktablari va 11- sonli DMTTning mavsumga shayligi bilan tanishish chog`ida mavjud kamchiliklar ko`rsatilib, mavsumni betalofat o`tkazish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo`yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Jarayonda mahallalar faollari bilan ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog`lomlashtirish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag`allikni qisqartirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Bundan tashqari aholi xonadonlarida kuz-qish oylarida tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishini targ`ib qilish zarurligi uqtirildi.

Jizzax shahar ichki ishlar organlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining borishini ham ko`zdan kechirdi. Shuningdek, 34- sonli DMTTning qozonxonalari faoliyatiga ham nazar tashlandi.

Text to speech