Xizmat intizomi bosh masala
Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Zarbdor tumani ichki ishlar organlari xodimlari bilan uchrashdi. Tadbirda hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash borasidagi ishlarga diqqat qilindi. Xususan, videokuzatuv kameralari o’rnatish, oila-turmush doirasida hamda xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar ishtirokidagi qonunbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
SHuningdek, 2022 yil hamda joriy yilning o’tgan davrida sodir etilgan jinoyatlar mahallalar kesimida tahlil qilindi. Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash barobarida xodimlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilandi. Har bir xodim xizmat jarayonida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” konseptual g’oya asosida ish olib borishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada bo’lishlari lozimligi uqtirildi.
Yig’ilishda xodimlar uchun zarur qulayliklar yaratish, profilaktika inspektorlari uchun xizmat uylari qurish va ta’mirlash bo’yicha rejalangan ishlarga ham e’tibor qaratildi.