12 Mart 2022 yil 518

Boshqarma boshlig’ining navbatdagi shaxsiy qabul o’tkazildi

Haftaning har shanba kuni Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov o’z shaxsiy qabulini o’tkazadi. Navbatdagi qabulga 26 nafar fuqaro keldi. Ular tomonidan ishga joylashish, maoshni undirish, qonunbuzarga nisbatan chora ko’rish, firibgar tomonidan yetkazilgan zararni undirish, imtiyoz asosida uy-joy olish, davolanish xarajatlarini qoplash, mulkka oid huquqni tiklash, qarindoshlar nizosiga barham berish kabi masalalar ko’tarildi.

Muloqot davomida bildirilgan har bir muammoga yechim topish maqsadida ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyat qidiruv, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash, tergov hamda tibbiyot xizmatlari mas’ullariga topshiriqlar berildi. SHuningdek, sayyor qabulda bir necha fuqaro Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’iga minnatdorchilik bildirdi. Bunga viloyatning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan 3 nafar profilaktika inspektorining samarali xizmati sabab bo’ldi.

Text to speech