29 Oktyabr 2022 yil 487

Boshqarma boshlig’ining o’rinbosari jurnalistlar va blogerlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati faoliyati yuzasidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. OAV vakillari va blogerlar ishtirokida tashkil etilgan tadbir davomida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari, podpolkovnik Hamidullo Abdullayev va boshqa mas’ullar tomonidan joriy yilning o’tgan davrida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

SHarof Rashidov tumanida joylashgan harbiy qismda ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bosqichma-bosqich ta’lim olmoqda. SHuningdek, seshanba va juma kunlari xodimlar ishtirokida jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlari o’tkazilayotir. Qolaversa, joriy yilning o’tgan davrida sportning qo’l jangi, kurash, sambo, ko’pkurash, voleybol, stol tennisi, shaxmat, yengil atletika va mini futbol turlari bo’yicha 246 ta musobaqa tashkil qilindi. Bundan tashqari jangovar qurollarni to’liqsiz qismlarga ajratish va yig’ish bo’yicha 64 ta mashg’ulot uyushtirilgan.

Har bir ichki ishlar organlari binosida “Vatanparvarlik burchaklari” hamda kutubxonalar yuzaga keltirilgan. Muntazam tashkil etilayotgan ma’naviyat va ma’rifat darslari, ertalabki yo’riqnomalar hamda ilm ahli bilan uchrashuvlarda shaxsiy tarkibning siyosiy, huquqiy bilimlarini kuchaytirish choralari ko’rilyapti. Qolaversa, xodimlarning ruhiy tayyorgarligi va psixologik bilimlarini oshirish maqsadida 64 ta o’quv mashg’uloti va 14 ta seminar-trening tashkil qilingan.

Bundan tashqari diqqatga sazovor go’shalar va muzeylarga sayohatlar uyushtirilib, teatr tomoshalariga borilayotir. Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkiblarida turli bayram va qutlug’ sanalar munosib tarzda nishonlanib, faxriy hamda xizmat davrida halok bo’lgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olinayotir. Tadbirda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi. SHuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Text to speech