Boshqarma boshlig’ining shaxsiy qabuli o’tkazildi
Haftaning har shanba kuni Jizzax viloyati IIB boshlig’i o’z shaxsiy qabulini o’tkazadi. Navbatdagi qabulga 10 dan ortiq fuqaro keldi. Ular tomonidan salomatlikni tiklash, ishga joylashish, uy-joy bilan ta’minlash, ma’muriy nazoratni yechish, firibgar yetkazgan zarar va ish haqini undirish kabi masalalar ko’tarildi. O’z navbatida muammolarga yechim topish maqsadida mas’ullar biriktirildi.
Xuddi shunday, Jizzax viloyati IIB boshlig’i viloyatning 3- sektoridagi aholi punktlarida muntazam sayyor qabullar o’tkazmoqda. Mazkur jarayonda fuqarolar murojaatlaridan kelib chiqib, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkor va ishbilarmonlarni qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlik uchun subsidiya va kreditlar ajratish, “Ayollar daftari”, “YOshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilganlarni yer va ish qurollari bilan ta’minlash choralari ko’rilyapti.