7 Dekabr 2021 yil
1061
Boshqaruvni yo’qotdi
Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Ravot mahalla fuqarolar yig’ini hududidan o’tgan Jizzax – Zomin 4R-37 yo’lining 6- kilometrida yo’l-ulov hodisasi ro’y berdi. Zomin tumani Navbahor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi S.J. ixtiyoridagi “Spark”ning boshqaruvini yo’qotdi va avtoulov yo’ldan chiqib, ag’darildi.
Oqibatda haydovchi bosh miya jarohati va hamkor jarohatlar tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.