27 Mart 2021 yil 989

Bozorda pullangan dollar

Valyutani qora bozorda almashtirish qonunan taqiqlangan. O’z navbatida banklarda xorij pullarini ayriboshlash uchun barcha sharoitlar mavjud. Ammo ayrim fuqarolar dollarfurushlar bilan muomala qilishni ma’qul ko’radilar va boshlarini g’avg’oga qo’yadilar.

Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Qulama qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi S.H. Jizzax shahridagi “Eskishahar” buyum bozorida SHarof Rashidov tumanining Tuyoqli qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi SH.X.ga 100 AQSH dollarini 1 million 40 ming so’mga almashtirgan. S.H. pulni qayta sanaganida 230 ming so’m kam chiqdi.

Tabiiyki, jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Soha vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruv davomida SH.X.ning noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug’ullangani aniqlandi. Undan 230 ming so’m hujjatlashtirib olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayapti. 

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech