11 Iyun 2024 yil 3281

Bunyodkorlik ishlari o`rganildi

Jizzax shahrining Amir Temur MFY hududidagi yo`l o`tkazgich qurilishi davom etmoqda. Bugunga qadar asosiy bunyodkorlik ishlari yakunlangan bo`lib, yo`l o`tkazgichni yo`lga bog`lash va asfalt yotqizish, yo`l belgilari o`rnatish ishlari olib borilayapti. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov, viloyat hokimining o`rinbosari Hamidjon Hasanovlar ushbu qurilishning borishi bilan tanishdi. Mutasaddilar va quruvchilar bilan suhbatda mavjud muammolarga e’tibor qaratilib, asfalt bilan ta’minlash va boshqa masalalarni qisqa muddatda hal etish lozimligi qayd etildi.

Bundan tashqari boshqarma boshlig`i Paxtakor tumanida hududni obod qilish, aholiga zarur qulayliklarni yaratish, infratuzilmani yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ham o`rgandi. Jarayonda mutasaddilar bilan ko`p qavatli uylar atrofidagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, savdo va maishiy xizmat ob’ektlari qurilishini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Text to speech