31 Mart 2022 yil 532

Bunyodkorlik ishlari ko’zdan kechirildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirovning ichki ishlar organlari xodimlariga munosib xizmat sharoiti yaratish va 3- sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlarning borishi bilan tanishmoqda.

Mirzacho’l tumani Mirzadala mahallasidagi “Xusniddin-Hushnudbek” fermer xo’jaligiga qarashli issiqxonada bulg’or qalampiri yetishtirilmoqda. 4 gektarli issiqxonada hozirda 50 kishi mehnat qilayapti. Aprel oyining so’nggiga borib hosil terib olinadi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i tadbirkor bilan suhbatlashib, mavjud muammolarni o’rgandi.

Boshqarma boshlig’i Do’stlik tumani ichki ishlar bo’limi binosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishini ham ko’zdan kechirdi.

Ta’kidlash joiz, tuman ichki ishlar bo’limi binosi o’tgan yili to’liq ta’mirlangan. Hozirda qo’shimcha binolarda ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda. SHuningdek, sport maydonchasi bunyod etiladi. Boshqarma boshlig’i ish ko’laimini oshirish, hududda obodlikni ta’minlash kerakligini uqtirib, mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Text to speech