23 Dekabr 2023 yil 3860

Sektor rahbari fuqarolar muammosini o`rgandi

Jizzax viloyati IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovning navbatdagi sayyor qabuli Sharof Rashidov tumani Oqtosh ota mahallasida o`tkazildi. 3- sektor rahbari dastlab o`zini o`zi band qilish uchun 20 nafar fuqaroga subsidiya asosida tikuv moshinkalari, 6 kishiga oliy ta’lim muassasasiga shartnoma pulining ma’lum qismi to`langanligi hamda salomatligini tiklash va o`quv jihozlari uchun sertifikatlar, 16 yoshga to`lgan 5 nafar yoshlarga ИД kartalar topshirildi.

Muloqotda fuqarolar 3- sektor rahbaridan o`zlarini qiynayotgan muammolarini hal etishda yordam so`rashdi. Xususan, elektr simlarini almashtirish, ichimlik suvi, ichki ko`chalarni shag`allashtirish va asfalt yotqizish, qo`shimcha transformator o`rnatishga oid masalalar ko`tarildi.

Bundan tashqari moddiy yordam olish, salomatligini tiklash, yashash xonadonini ta’mirlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yo`l belgilari o`rnatish bo`yicha murojaatlar mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, 3- sektor rahbarining ommaviy sayyor qabuli reja asosida viloyatimiz tumanlarida davom etmoqda.

Text to speech