26 Dekabr 2023 yil 4212

Sektor rahbari pistalikentlik fuqarolar bilan muloqot o`tkazdi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovning navbatdagi sayyor qabuli Zafarobod tumanining “Pistalikent” ShFYda o`tkazildi. Qabul avvalida ehtiyojmand oilalarning 9 nafariga subsidiya asosida tikuv mashinasi, 2 nafariga motokultivator, 5 nafar yoshlarga oliy talim muassasasiga shartnoma pulining ma’lum qismi to`langanligi to`g`risidagi sertifikatlar va 16 yoshga to`lgan 5 nafar yoshlarga ИД kartalar topshirildi.

Muloqotda 25 ga yaqin fuqaro sektor rahbaridan o`zlarini qiynayotgan 30 ga yaqin muammolarini hal etishda amaliy yordam so`rashdi. Xususan, ichki ko`chalarni ta’mirlash, yashash xonadonini ta’mirlash, barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, salomatligini tiklash, subsidiya ajratish, nogironlik nafaqasiga chiqarishga oid masalalar ko`tarildi.

Bundan tashqari ish bilan ta’minlash, yashash xonadonini isitish, qishloq vrachlik punktiniga shifokor ajratish, fuqarolar yig`ini idorasi qurish, tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish, elektr tayanchlarni yangilash, o`rnatish, moddiy yordam ko`rsatsh kabi masalalarga mutasaddilar ishtirokida echim izlandi.

Qabulda ko`tarilgan masalalarni o`z vaqtida hal etish, mummolarni xonadonbay va mahallabay o`rganish, aholiga yordam ko`rsatish bo`yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi. Ayrim masalalarni tuman mutasaddilari bilan joyiga chiqqan holda o`rgandi.

Aholi muammolarini o`rganish va ularni joyida hal etishga qaratilgan ommaviy sayyor qabullar reja asosida davom etmoqda.

Text to speech