30 Noyabr 2021 yil 572

Cheklovlarga amal qilmagan fuqaroga jinoiy ish qo’zg’atildi

Jizzax viloyati Zarbdor tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi K.U.ni to’g’ri yo’ldan ozganlar sirasiga qo’shsa bo’ladi.

CHunonchi, u O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25- moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 169- moddasi (o’g’irlik) hamda 227- moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtotransport vositalarining va ular tirkamalarining davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bo’yicha sudlangan.

Qisqasi, ayni kunlarda ham u ma’muriy nazorat ostida edi. SHunga qaramasdan sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmasdan K.U.ning Sirdaryo viloyati Guliston shahriga borib kelganligi aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Text to speech