29 May 2024 yil 4079

“Chilonzor” va “Guliston”da suv muammosi hal qilinadi

Joriy yilning 8 may kuni Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov Zomin tumanida o`tkazgan sayyor qabulda “Chilonzor” hamda “Guliston” mahallalarida yashovchilar tomonidan ichimlik suvi muammosi ko`tarilgan edi. Shu ma’noda, 3- sektor rahbari ushbu aholi puntklarida bo`lib, tuman hokimligi, suv ta’minoti korxonasi mas’ullari hamda mahalla faollari bilan muloqot o`tkazdi.

Mazkur jarayonda  “Chilonzor” mahallasida 1 ta artezian qudug`i kovlash, suv minorasi o`rnatish hamda 8 kilometr uzunlikda quvur yotqizilishiga kelishib olindi. “Guliston”da esa 1 ta artezian qudug`i qazish, eskirgan suv minorasini yangilash, qo`shimcha suv minorasi o`rnatish, 3 kilometr uzunlikda quvur tortish rejalashtirildi.

Bu ishlar natijasida 500 ta uyda istiqomat qiluvchilar, o`rta umumta’lim maktabi va maktabgacha ta’lim tashkiloti suv bilan uzluksiz ta’minlanadi. Mazkur loyihalarni 3- sektor ishchi guruhi va homiylar tomonidan amalga oshirish ko`zda tutilyapti.

Text to speech