Chimqo’rg’onda faollar 3- sektor rahbari tomonidan rag’batlantirildi
Yаxshi ma’lumki, ayni kunlarda Jizzax viloyati Zafarobod tumani CHimqo’rg’on qishloq fuqarolar yig’inida “Obod qishloq” dasturi izchillik bilan amalga oshirilayapti. Hududdagi turar joylar, ijtimoiy va iqtisodiy soha ob’yektlarini zamon talablariga moslash, yangilarini barpo etish, kommunal, transport va aloqa xizmati sifatini yaxshilash, yo’llarni ta’mirlashga qaratilgan bunyodkorlik ishlarida 500 dan ortiq kishi ishtirok etmoqda.
Mazkur yo’nalishdagi tadbirlarga ichki ishlar organlari xodimlari ham katta hissa qo’shmoqdalar. Jumladan, soha vakillari jamoat va texnika xavfsizligini ta’minlash, qurilish mahsulotlari talon-taroj qilinishining oldini olish choralarini ko’rishayapti. SHu bilan birga texnikalarni ishga jalb qilish va qurilish mahsulotlari zaxirasini yaratishda quruvchilarga yaqindan yordam berishmoqda.
Bundan tashqari bunyodkorlik ishlarida faollik ko’rsatayotganlar 3- sektor rahbari tomonidan rag’batlantirilayapti. SHu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Chimqo’rg’onni obod qilayotganlarga sovg’alar topshirdi. Taqdirlanganlar orasida favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar organlari tizimi vakillari ham bor.
Tadbir davomida faollar Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar hamda soliq boshqarmalari, Zafarobod tumani hokimligi, Zafarobod tumani soliq inspeksiyasi rahbariyatining sovg’alarini qabul qilib olishdi. YAkunda 3- sektor boshlig’i hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.