19 Oktyabr 2021 yil 650

Chorva mollari fermerga ziyon yetkazdi

Ichki ishlar organlari xodimlari Arnasoy tumani Oltin vodiy mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxsning 8 bosh qoramoli Oqbuloq suv iste’molchilari uyushmasi tarkibidagi fermer xo’jaligining yarim gektar paxta dalasini payhon qilganligini aniqladilar.

Zarar miqdori 1 million 128 ming so’mni tashkil etgan. E’tiborlisi, chorva mollarining egasi mazkur fermer xo’jaligida ishlagan.

Soha vakillari Do’stlik tumani Manas suv iste’molchilari uyushmasi tarkibiga kiruvchi fermer xo’jaligining 5 sotix paxta maydoni 9 bosh qoramol tomonidan payhon qilinganligini aniqladilar.

Mutaxassislar fermer manfaatiga 3,5 million so’m zarar yetkazilganligini bildirishgan. CHorva mollari Paxtakor tumani Mingchinor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxsga tegishli bo’lib chiqdi.

Har ikki holat bo’yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech