“Cobalt” va “ZIL” to’qnashuvi fuqaro o’limiga sabab bo’ldi
Jizzax viloyati G’allaorol tumani Ko’kgumbaz mahalla fuqarolar yig’ini hududidan o’tgan Toshkent – Termiz M-39 yo’lining 1004- kilometrida Jizzax shahri Amir Temur mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Zil”ni yo’lning belgilanmagan joyidan burdi. Oqibatda qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanayotgan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri YAngisaroy mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Cobalt” “ZIL”ga urilgan.
Natijada “Cobalt” yo’lovchisi, Qashaqadaryo viloyati Koson tumani Oqtepa mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qilgan fuqaro tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etdi. Mazkur avtoulov salonida bo’lgan Qarshi shahri Beshkent mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi yana bir shaxs og’ir darajada tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo’limiga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.