29 Avgust 2021 yil 747

Davlat mukofotlari topshirildi

Jizzax viloyati hokimligida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’ttiz yilligi munosabati bilan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida uyushtirilgan tadbir avvalida yig’ilganlar qutlug’ ayyom bilan qutlanib, istiqlol yillarida siyosiy, ijtiomiy va iqtisodiy sohalarda erishilgan yutuqlar e’tirof etildi.

SHundan so’ng respublikamiz Mustaqilligining 30 yilligi arafasida mamlakatimiz Prezidenti farmonlari asosida davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlarga davlat mukofotlari topshirildi. CHunonchi, Mirzacho’l tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi boshlig’i Jamshid Norqulov “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan, Jizzax viloyati IIB PPX va JTSB muhim topshiriqlar bo’yicha inspektori Abdujalol Norboyev, G’allaorol tumani IIB profilaktika katta inspektori Ziyodulla Xolmurodov, Forish tumani IIB profilaktika katta inspektori Qamariddin Abdurahmonov “SHuhrat” medali bilan taqdirlandi.

SHuningdek, Jizzax viloyati IIB YHXB YPX inspektori lavozimida faoliyat ko’rsatgan, marhum Kenjaboy Sulaymonovning yaqinlariga “Jasorat” medali topshirildi.  

Text to speech