Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i Arnasoy tumanida bo`ldi
Mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan tanishdi. Xususan, Bobur mahallasida istiqomat qiluvchi Ergash Tuvalovning xonadonida bo`lib, oila a’zolari bilan muloqot qildi.
Ma’lum qilinishicha, ehtiyojmand oila sifatida ro`yxatga olingan xonadonga “Sayxunobod tajribasi” asosida zarur ko`mak ko`rsatilgan. Ushbu yordam asosida oila iqtisodi yaxshilanib, tuxum, sut va sut mahsulotlari, tikuvchilik va quroqchilik ortidan qo`shimcha daromad olinayapti.
Boshqarma boshlig`i “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig`ini binosini bunyod etish ishlarining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, “Yangibo`ston” mahallasida ettilik bilan uchrashdi. Muloqotda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan ko`rilayotgan choralar muhokama qilindi.
Bundan tashqari tuman markazidagi dehqon bozorini qayta ta’mirlash va aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlarni ham ko`zdan kechirdi.