Jizzax viloyati ichki ishlar
organlari tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni bugungi bahor va
nafosat bayrami bilan chin dildan qutlayman. Hurmatli hamkasblar, farzandlar
tarbiyasi va oila yumushlaridan ortib, elning osoyishtaligini asrash yo`lida
fidoyilik ko`rsatayotganligingiz barchamizda birdek faxr va g`urur uyg`otadi.
Hech kimga sir emaski,
yurtimizda xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faoligini
kuchaytirish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va
manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar
natijasida ayollarning jamiyatdagi o`rni va roli tobora ortmoqda. Xotin-qizlar
uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan hamkasblarimiz ham samarali
foydalanayotir.
Jumladan, soha vakilalarining 5 nafari oliy o`quv yurtlarida ta’lim
olayapti. 2 nafari ikkinchi mutaxassislikni egallayotir, 3 nafari ilmiy ish
yoqlash maqsadida izlanish va tadqiqotlar olib bormoqda. Xuddi shunday,
oramizda Birlashgan Arab Amirliklari,
Janubiy Koreya, Tunis, Germaniya, Fransiya va Yaponiyada bo`lib o`tgan
paralimpiya xalqaro musobaqalari hamda Jahon va Osiyo chempionatlarida 5 ta
oltin hamda 2 ta kumush medalni qo`lga kiritgan, paraosiyo o`yinlari
rekordchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Yoqutxon Xolbekova
singari iqtidorli qizlarimiz bor.
Yana shunisi aniqki, erkaklar bilan bir safda olib borayotgan
xizmatingiz davlatimiz rahbariyati tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan,
o`tgan yili bir nafar hamkasbimiz respublikamiz Prezidentining farmoni asosida
“Do`stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Ayollarni ijtimoiy himoyalash masalasi ham
doimiy e’tiborda. Chunonchi, vazirligimiz tomonidan 4 nafar xodimaga uy-joyini
ta’mirlash uchun foizsiz qarz, 1 nafar xodimaga uy-joy sotib olish uchun
dastlabki badal to`lovi, 3 nafar xodimaga avtokredit ajratildi.
Aminmanki, bu kabi ezgu ishlar
joriy “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da yanada kengroq
ko`lamda davom ettiriladi. So`zim yakunida sizlarni 8 mart - Xalqaro
xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor tabriklayman. Barchangizga
sihat-salomatlik, oilangizga fayzu baraka tilayman. Hamisha yaqinlaringiz,
elimiz ardog`ida bo`lish nasib etsin! Hurmatli Prezidentimiz Shavkat
Miromonovich Mirziyoev ta’biri bilan aytganda “Sizlar biz uchun hamisha
go`zallik va nazokat, mehr va sadoqat, qanoat va shukronalik timsoli bo`lib
kelgansiz va doimo shunday bo`lib qolasiz”.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: