5 Dekabr 2023 yil 2582

“Dolzarb 40 kunlik” profilaktik tadbir doirasida targ`ibot tadbirlari o`tkazilmoqda

          “Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktik tadbir doirasida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan joylarda targ`ibot tadbirlari o`tkazmoqda. Xususan, viloyat IIB JXX JTSB PPX bataloni xodimlari oliy ta’lim muassasalarida uchrashuv uyushtirishdi. Jizzax politexnika instituti hamda O`zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali talabalari ishtirokidagi tadbirda yoshlar tungi vaqtlarda bemaqsad yurmasliklari, har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik muqarrarligi, is gazidan zaharlanmaslik uchun e’tibor qaratiladigan masalalar, vaqtincha turar joylarida ro`yhatdan o`tish tartiblari tushuntirildi. Shu bilan birga aynan talaba yoshlar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar, ularning sabab va oqibatlari aytildi.

Bundan tashqari sovuq qurol yoki hayot va sog`liq uchun xavfli bo`lgan buyumlarni olib yurgan hamda jinoyat va huqubuzarlik sodir etishga moyil shaxslar aniqlanganda ichki ishlar bo`limlari yoki 102 qisqa raqamiga xabar berishlari uqtirildi. Shuningdek, firibgarlar tuzog`iga tushib qolmaslik, bank plastik kartalarining yashirin kodlarini hech kimga aytmaslik lozimligi etkazildi.

Yangi yil bayramlari arafasida pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik, ularni sotish yoki sotib olish javobgarlikka sabab bo`lishi aytildi. Talabalar mavzu yuzasidan o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Text to speech