30 Oktyabr 2024 yil 6659

Dolzarb mavzuda muloqot o`tkazildi


Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tashabbusi bilan jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yoshlar o`rtasida  jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi. Oliy o`quv yurti pedagogik jamoasi hamda talabalar ishtirokida uyushtirilgan tadbir davomida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish, giyohvandlik hamda kibertahdidlarga qarshi kurashish borasida ma’ruzalar o`qildi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tashkiliy-strategik boshqaruv yo`nalishi tinglovchisi, podpolkovnik Akmal Muratov g`oyaviy xurujlarga qarshi kurash yuzasidan chiqish qildi. Mazkur jarayonda yoshlarda buzg`unchi mafkuralarga nisbatan immunitetni kuchaytirish, diniy aqidaparastlik, terrorizm va uning ayanchli oqibatlariga e’tibor qaratildi. Yig`ilishda mavzuga oid hujjatli ko`rsatuvlar namoyish qilindi. Yakunda talabalar masullardan o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Text to speech