Don o’g’rilari
SHu yilning 26 mart kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Toshkesgan mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi S.A. tuman ichki ishlar bo’limiga murojaat qilib, hovlisidagi omborxonasidan qiymati 2,5 million so’mlik 9 qop bug’doy va 2 qop mosh o’g’irlanganligini bildirgan. Voqea joyini ko’zdan kechirish jarayonida jinoyat devordan oshish yo’li bilan amalga oshirilgani ma’lum bo’ldi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni Zomin tumanining Dashtobod shaharchasidagi Beruniy mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi A.U., Paxtakor mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi SH.B hamda Baxt mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi B.E. sodir etganligi aniqlanib, ulardan jinoyatga aloqador 367 ming so’m pul va 57 kilogramm bug’doy daliliy ashyo sifatida olingan.
Tergovga qadar tekshirish jarayonida ushbu shaxslarning shu yilning 28 fevraliga o’tar kechasi Toshkesgan mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi S.X.ning turar joyidan 8 qop makkajo’xori hamda 1 dona elektr ishlab chiqarish statsionar qurilmasini o’g’irlaganligi ham aniqlandi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.