15 Avgust 2023 yil
832
Do’stlikda vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati yo’lga qo’yildi
Jizzax viloyati Do’stlik tumani IIB hududida vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati yo’lga qo’yildi. “XXI asr bunyodkori” qurilish korxonasi tomonidan barpo etilgan mazkur binoda 25 nafar shaxsga mo’ljallangan 6 ta kamera mavjud. SHuningdek, tergov, advokat, tibbiyot, ovqatlanish xonalari hamda sayr maydonchasi tegishli tartibda jihozlangan.
Bundan tashqari saqlanayotgan shaxslar yaqinlari bilan uchrashishlari uchun sharoit yaratilgan. YUvinish va kiyimlarni yuvish masalalari ham e’tibordan chetda qolmagan. Qisqasi, bino xalqaro talab va me’yorlar asosida bunyod etilgan. Aytgancha, hibsxona hududi kuzatuv qurilmalari bilan to’liq qamrab olingan.