Do`stlik tumanida ichki ishlar bo`limi sport zalining ochilishi marosimi o`tkazildi
Tuman ichki ishlar
bo`limi shaxsiy tarkibi, ularning yaqinlari hamda yoshlar ishtirokidagi mazkur
tadbirda tuman hokimi Shavkat Darvishev so`zga chiqdi. Shuningdek, ichki ishlar
vaziri o`rinbosari, polkovnik Yaxyojon Abdulxakov hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovlar sohada amalga oshirilayotgan
islohotlar xususida so`z yuritdi.
Tadbirda bir guruh
soha vakillari tuman hokimligining faxriy yorlig`i va qimmatbaho sovg`alar
bilan taqdirlandi. Mazkur tadbirda ichki ishlar vaziri o`rinbosari,
general-mayor Bekmurod Abdullaevning leytenant Sardor Karimovning onasi Gulsun
Saitqulovaga minnatdorchilik xati tantanali ravishda topshirildi.
Ta’kidlash joiz, ushbu
sport zalda sportning qo`l janggi, engil atletika, kurash, stol tennisi,
voleybol kabi bir necha turlari bilan shug`ullanish imkoniyati yuzaga
keltirildi.