29 Avgust 2024 yil 1058

Do`stlik tumanida yangidan qurilgan ko`p qavatli uylar egalariga topshirildi

Shu munosabat bilan tantanali tadbir tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 33 yillik shodiyonasi arafasida o`tgan tadbirda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev, viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ibrohimov, Jizzax viloyati ichki ishlar bosharmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovlar ishtirok etib, yurtdoshlarimizni muborakbod etishdi.

Tadbir davomida yashash uylarida yuzaga keltirilgan sharoitlar ko`zdan kechirildi.

Ta’kidlash joiz, Chinobod mahallasining Yangi O`zbekiston massivida jami 100 ta xonadonli 5 ta ko`p qavatli uylar bunyod etilgan.

Text to speech