Do`stlik tumanida “Oila maktabi” faoliyatini boshladi
Do`stlik
tumanida bo`lajak kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash maktabi ish
boshladi. Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida ushbu muassasaning
tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Jizzax
viloyati hokimi Ergash Saliev, viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi
Baxtiyor Ibrohimov, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i,
general-mayor G`ayrat Qodirov, faollar va jamoatchilik ishtirok etgan tadbirda
ushbu muassasa nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy
hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik
asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo`yicha
tizimli tayyorlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Ta’kidlash
joiz, “Oila maktabi” O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oila
institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida tashkil etildi.