Do’stlikda xizmat intizomini mustahkamlashga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazildi
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tuman ichki ishlar organlarida xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikni ta’minlashga qaratilganch uchrashuvlar o’tkazilmoqda.
Do’stlik tumani ichki ishlar bo’limida tashkil etilgan yig’ilishda tuman ichki ishlar bo’limi xodimlari hamda ularning oilasi va ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik Xamidulla Abdullayev ichki ishlar tizimida olib borilayotgan islohotlar, xodimlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi xizmatlarini e’tirof etdi.
SHuningdek, xizmat faoliyatini samarali tashkil etish uchun yaratilayotgan qulayliklar aytildi. Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Jizzax viloyati bo’yicha bo’limi mas’uli xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash borasida shaxsiy xavfsizlik tizimi bilan hamkorlik qilish hamda kuzatilayotgan ba’zi nuqsonlarni bartaraf etishga doir taklif va mulohazalarini bayon etdi.
Tadbir davomida qonuniylikni ta’minlash, qo’pollik, poraxo’rlik, xizmat vazifasini su’istemol qilish bilan bog’liq illatlarga yo’l qo’ymaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. SHuningdek, sohaning ayrim vakillari tomonidan sodir etilgan qonunga zid xatti-harakatlar va ularning oqibatlari xususida so’z yuritildi.
Bundan tashqari, xodimlarning kasbiy ko’nikmalarini oshirish, fuqarolar bilan muomala madaniyatini yaxshilash, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, tamagirlik va boshqa salbiy holatlarga yo’l qo’ymaslik zarurligi uqtirildi. Yig’ilish davomida shaxsiy tarkibga qonunchilikni buzgan va hozirgi vaqtda ozodlikdan mahrum etilib, jazo muddatini o’tayotgan sobiq xodimlar to’g’risida tayyorlangan “Nadomat” nomli videofil’m namoyish etildi.
Bu kabi uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.