Yosh voleybolchilar bellashishmoqda
Sportning voleybol turi
bo`yicha 2006-2007 yillarda tug`ilgan o`g`il bolalar va qizlar o`rtasida
viloyat kubogi musobaqasi boshlandi.
Mazkur musobaqa
ochilishida Jizzax viloyati IIB boshlig`i, viloyat voleybol federasiyasi raisi,
general-mayor G`ayrat Qodirov yurtimizda ommaviy sport turlarini rivojlantirish
borasidagi ishlar, mazkur bellashuvlarning ahamiyati va shaxs kamolotidagi
o`rni xususida to`xtaldi. Shuningdek, viloyatimizning yosh sportchilari qo`lga
kiritayotgan yutuqlar e’tirof etilib, ishtirokchilarga omad tiladi. Shundan
so`ng musobaqaga start berildi.
Viloyat voleybol
federasiyasi hamda IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Jizzax
viloyat Kengashi, aloqador tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan
musobaqaning o`g`il bolalar o`rtasidagi bahslari Sharof Rashidov tumuni va
baxmallik yoshlarning uchrashuvi bilan boshlandi. Qizg`in kechgan bahsda Sharof Rashidov tumani
voleybolchilarining qo`li baland keldi.
Qizlar o`rtasidagi bellashuvlarda esa dastlab
G`allaorol hamda Zarbdor tumani voleybolchilari uchrashishdi. Yakunda
zarbdorlik qizlar muhim bo`lgan ochkoni qo`lga kiritishdi.
26 ta jamoa ishtirok etayotgan mazkur sport tadbiri 16
oktyabrgacha davom etadi.