12 Avgust 2023 yil 333

Ekspert-kriminalistlar bellashdi

Jizzax viloyati IIB ekspert-kriminalistika tizimi xodimlari o’rtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko’rik-tanlovi uyushtirildi. Mazkur jarayonda soha vakillarining  intelektual, jismoniy va jangovor tayyorgarligi uchta shart asosida sinovdan o’tkazildi.

Jumladan, ularning ma’naviy bilimlari, xizmatga oid tajriba va ko’nikmalari test asosida sinaldi. SHuningdek, ishtirokchilar avtomatik qurol hamda to’pponchani to’liqsiz qismlarga ajratish va yig’ishga doir malakalarini namoyish qildilar. Bundan tashqari xakamlar hay’ati ekspertlarning sohaga doir maxsus va kasbiy bilimlarni qay darajada egallaganliklari, faoliyati davomida erishgan natijalari hamda xizmatga oid me’yoriy xujjatlarni yuritilishini atroflicha o’rganib, baholadilar.

Natijalarga keladigan bo’lsak, Jizzax viloyati IIB ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti, katta leytenant Kamol Orifov birinchi o’rinni egalladi. Keyingi o’rinlar Zarbdor tumani IIB EKG katta eksperti, mayor YOrqin Ergashev hamda Arnasoy tumani IIB EKG katta eksperti, leytenant Jahona Ahrorovalarga nasib etdi. Endi mazkur uchlik respublika miqyosida o’tkaziladigan “Eng namunali ekspert kriminalistika jamoasi” ko’rik-tanlovida qatnashadi.

 

Text to speech