Ekspertlarga “Krimnalist” chemodani topshirildi
Tergov va sud harakatlarida dalillarni to’plashda zamonaviy fan va texnikaning ilg’or yutuqlarini, xususan kriminalistik ilmiy usul va vositalarni qo’llash amaliyotini yangi bosqichga olib chiqish, ichki ishlar organlarida ekspert-kriminalistika xizmati moddiy texnika bazasini takomillashtirish, xodimlar kasbiy tayyorgarligini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada mamlakatimiz rahbarining 2022 yil 8 fevraldagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori muhim dasturilamal bo’lib xizmat qilayapti. Jizzax viloyati IIBda shahar va tumanlar IIB ekspert-kriminalistika guruhi ekspertlari ishtirokida o’tkazilgan tadbirda ushbu qarorda belgilangan vazifalar, ular ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar tilga olindi va ekspertlarga ushbu zamonaviy “Kriminalist” chemodani topshirildi.
Tadbir davomida mazkur chemodan ichida bo’lgan anjomlar, ularning texnik tafsilotlari va afzalliklari, hodisa joyini ko’zdan kechirishda foydalanish usullari ham tushuntirildi.
SHu kuni yangi kriminalistik o’quv laboratoriyasida o’quv mashg’uloti uyushtirildi. Tadbirda har xil turdagi daktiloskopik kukunlarni yuzalar va izlar qoldirilishi mumkin bo’lgan joylardan qay tartibda olish va ishlatilishi bo’yicha xodimlarning bilim va ko’nikmalari oshirildi.