19 Fevral 2025 yil 457

Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o`tkazildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari, podpolkovnik Farhod To`ychiev huzurida IIV tezkor qidiruv departamenti jinoyat qidiruv xizmati mutasaddilari hamda sohaviy xizmatlar rahbarlari, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi mas’ullari ishtirokida yig`ilish o`tkazildi.

Unda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” tezkor-profilaktik tadbiri doirasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, Jizzax shahridagi Abu Ali bin Sino nomli jamoat salomatligi texnikumi hamda Jizzax politexnika institutida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirdan ko`zlangan maqsad giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida atroflicha tushuncha berildi. Mavzuga oid bukletlar tarqatilib, giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida videoroliklar namoyish etildi.

Text to speech