14 May 2022 yil 565

“Eng namunali oila” ko’rik-tanlovining g’olibi aniqlandi

Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari o’rtasida “Eng namunali oila” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi.

Oilaning sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini yanada oshirish, ichki ishlar organlari xodimlarining oilasini har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsad qilingan tanlovda qatnashchilar 5 shart asosida bellashdilar. Tanishtiruv, badiiy chiqish, ijtimoiy ahamiyatga ega rolik, qurollarni to’liqsiz qismlarga ajratish va yig’ish, mening sevimli qahramonim shartlarida har bir oila o’z mahorati va bilimini namoyon etishdi.

Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Bu jarayonda belgilangan shartlarning bajarilishi, ahamiyati, xodimning nechog’li oilaparvarligi va bilimdonligi, farzand tarbiyasida tutgan o’rni hamda oilasini e’zozlashi e’tiborga olindi. YAkuniy natijalarga ko’ra Forish tumani IIB M va FRG pasportchisi, safdor Islom Norqo’ziyev oilasi g’olib deb topildi. Viloyat IIB MMI va KBTX psixologlar guruhi katta inspektori, katta leytenant Omon Anorboyzoda oilasi ikkinchi hamda Baxmal tumani IIB JXX HPB tashkiliy tahlil guruhi katta inspektori, kapitan Furqat To’rayev oilasi uchinchi o’rinni egalladi. Tanlov so’nggida g’oliblar hamda faol oilalar munosib taqdirlandi. Diplom va qimmatbaho sovg’alarni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov tantanali ravishda topshirdi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech