YOshlar o’rtasida targ’ibot tadbirlari o’tkazildi
Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda ichki ishlar organlari xodimlari hal qiluvchi o’rinni egallaydi. SHu ma’noda, yoshlar orasida ichki ishlar organlari xodimlari safida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishni maqsad qilganlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Ichki ishlar vazirligi hamda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimlari tomonidan yoshlar o’rtasida o’tkazilgan targ’ibot-tashviqot tadbirlarida Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o’qishga hamda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish tartiblari tushuntirildi. SHunday tadbirlar Jizzax shahridagi 1-, 3-, 4- o’rta umumta’lim maktablari hamda 22- sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari o’quvchilari ishtirokida uyushtirildi.
Tadbirlarda ichki ishlar organlari tasarruvidagi bilim dargohlari va oliy o’quv yurtlari, ushbu o’quv dargohlariga qabul tartiblari xususida ma’lumot berildi. SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 2021 yilning 15 apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirilib, ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlar tilga olindi.
Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligining amaldagi me’yoriy buyruq talablariga asosan ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish talablari ma’lum qilindi. Uchrashuvlarda ichki ishlar organlari xodimi sifatida yurt osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish istagini bildirgan yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullardan javob olishdi.