Ezgulikka yo’g’rilgan tadbirlar
Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari sohadan nafaqaga chiqqan faxriylarni, shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarish chog’ida halok bo’lgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olishdi. Suhbat davomida ularning faoliyati, ko’rsatgan jasoratliklari yodga olindi.
SHuningdek, oilalarning muammolari o’rganilib, moddiy va ma’naviy ko’mak ko’rsatildi. Jumladan, Jizzax viloyati ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan yetti nafar marhum xodimlarning oila a’zolariga bir million so’mdan moddiy yordam pullari berildi.
Bundan tashqari, faxriylar xonadonida bo’lgan boshqarma xodimlari faxriylar bilan samimiy suhbat qurishdi. Ular o’zining ko’p yillik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, tarixda qolgan yillar suronidagi xizmatning mas’uliyat va mashaqqatlari to’g’risida so’zlab berishdi.