7 Mart 2022 yil 543

E’zoz va ehtirom

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi jamoasi va o’quvchilari ham keng nishonlashdi. Bayram tadbirida so’zga chiqqanlar bilim yurtida yosh avlod ta’lim tarbiyasi yo’lida mehnat qilib, o’qituvchilik kasbini ulug’lab kelayotgan ayollarni hamda o’quvchi qizlarni bayram bilan tabriklagan holda ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lib kelganligini ta’kidladilar. SHuningdek, bir guruh o’qituvchilarga bayram sovg’asi topshirildi.

SHundan so’ng, litsey o’quvchilari o’rtasida “Balli yigitlar” tanlovi o’tkazildi. Ular belgilangan shartlar asosida mahoratlarini namoyon etishdi. Musiqiy va sahnaviy chiqishlar orqali esa kecha ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashildi. Qisqasi, tantanali tadbirda muhtarama ayollar, aziz opa-singillarga hurmat va ehtirom ko’rsatilib, e’zozlandi.

Text to speech