4 Noyabr 2024 yil 4142

Faxriylar yo`qlandi


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 sentyabrdagi 11 noyabr – O`zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishga doir farmoyishi ijrosini ta’minlash bo`yicha Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, viloyat IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov, IIV kasaba uyushmasi qo`mitasining bosh mutaxassisi, iste’fodagi polkovnik Abdug`ofir Sattorov hamda viloyat faxriylar kengashi mas’ullari soha faxriylari holidan xabar oldilar. Jumladan, Jizzax shahrining “Sayiljoy” mahallasida yashovchi, ayni vaqtda viloyat IIB tibbiyot bo`limi gospitalida davolanayotgan Ilhom Ergashev yo`qlandi. Mazkur jarayonda iste’fodagi podpolkovnikka faxriy yorliq, maishiy texnika hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Xuddi shunday sovg`alarni Jizzax shahrining “Zargarlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Alisher O`rolov hamda “Zilol” mahallasida yashovchi Sayimnazar Xidirnazarov qabul qilib oldi. Iste’fodagi podpolkovniklar bilan kechgan muloqot davomida davlatimiz rahbariyati va IIV tomonidan soha faxriylariga ko`rsatilayotgan e’tibor va g`amxo`rlik tilga olindi. Faxriylarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi tadbirlar hududiy ichki ishlar organlari va sohaviy xizmatlar mas’ullari tomonidan ham muntazam tashkil qilinmoqda. 


Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech