19 Oktyabr 2021 yil 638

Faoliyat muhokama markazida

Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi transportda xavfsizlikni ta’minlash bo’limi xodimlari tomonidan joriy yilning to’qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo’l qo’yilgan kamchiliklar huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig’i, polkovnik Jo’rabek Avazov ishtirokida muhokama qilindi.

Yig’ilishda hisobot davrida xizmat xududida qonunbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar tahlil etildi. Xato va kamchiliklar ko’rsatilib, temir yo’l atrofiga yaqin joylashgan xonadonlarda yashovchi fuqarolar, ta’lim muassasalari, tashkilot va korxonalarning ishchi xodimlari o’rtasida temir yo’l infuratuzilmasini xavfsiz qo’riqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashviqot-targ’ibot ishlarini yanada kuchaytirish bo’yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari voyaga yetmaganlar masalalari bo’yicha inspektor-psixologlar tomonidan o’quvchi va yoshlar bilan suhbatlar uyushtirish lozimligi ta’kidlandi va kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech