14 Oktyabr 2023 yil 1461

Faoliyat tahlil qilindi

Do`stlik tumani IIBda joriy yilning 9 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi. Viloyat IIB boshlig`i o`rinbosari, podpolkovnik Rahmatulla Bo`riev boshqargan yig`ilishda tuman hududida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Shu ma’noda har bir sohaviy xizmatlar mas’ullarining hisobotlari tinglanib, erishilgan yutuqlar bilan birga yo`l qo`yilgan kamchiliklar tanqid qilindi.

Tadbir davomida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o`z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, 3- sektor hududidagi aholi punktlarini obod qilish, aholi muammolari bilan ishlash, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash lozimligi uqtirildi.

Xuddi shunday, Paxtakor va Zafarobod tumanlarida ham 9 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Text to speech